AQShda koronavirusga qarshi vaksina sinovi to‘xtatildi. Sababi tushunarsiz kasallik

AQShda koronavirusga qarshi vaksina sinovi to‘xtatildi. Sababi tushunarsiz kasallik

AQShning Johnson&Johnson kompaniyasi koronavirusga qarshi o‘z vaksinasi sinovlarini to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Bunga esa vaksina sinovlarida ishtirok etayotgan ko‘ngillilardan birida noma’lum kasallik aniqlangani sabab bo‘lgan.  

“Biz sinovlar ishtirokchisida noma’lum kasallik aniqlangandan keyin barcha tadqiqotlarimiz, jumladan 3-bosqich sinovlari doirasida vaksinaning tarqatilishini vaqtincha to‘xtatdik”, deyilgan kompaniya bayonotida.

Kompaniyada ta’kidlanishicha, ishtirokchining holati Tadqiqotlar sub’ektlari xavfsizligi va ma’lumotlar monitoringi bo‘yicha mustaqil komissiya hamda bir qator tibbiy mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

25 sentyabrda medRxiv saytida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya ishlab chiqayotgan vaksina klinik sinovlarning 1- va 2-bosqichida ishtirokchilarda koronavirusga qarshi barqaror immun javob ishlab chiqqan.  

23 sentyabrda Johnson & Johnson klinik sinovlarning 3-bosqichini boshlagan. Tadqiqotda 3 ta qit’ada joylashgan 8 ta davlatda jami 60 ming kishi ishtirok etmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!