AQShda 40 mingta chizkeykning bepul tarqatilishi noroziliklar va mushtlashuvlar bilan tugadi

AQShda 40 mingta chizkeykning bepul tarqatilishi noroziliklar va mushtlashuvlar bilan tugadi

AQShning Cheesecake Factory kompaniyasi dekabr oyining boshida o‘z yubileyi munosabati bilan bir kun 40 mingta chizkeykni restoranlar tarmoqlarida bepul tarqatdi. Biroq 5 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan aksiyalar mijozlarning noroziliklari, mushtalashuvlar va polisiya tomonidan qo‘lga olishlar bilan tugadi, deb yozmoqda TJournal.

Navbatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kompaniya shart qo‘ygan: bepul desertni DoorDash xizmati (eng yaqin restoranlardan onlayn tarzda taom buyurtma qilish servisi) orqali buyurtma qilish kerak bo‘lgan. Biroq ikki soatdan keyin chizkeyklar tugagan va Cheesecake Factory muassalari oldida kuryerlarning navbatlari paydo bo‘la boshlagan. Bu vaqtda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari desert ishlab chiqaruvchining yomon xizmat ko‘rsatayotganidan shikoyat qila boshlagan. Ba’zi kishilar chizkeyklar uchun o‘zlari borib navbatga turgan.

Xabar berilishicha, Arlington shahridagi restoranda o‘z buyurtmasini kutayotgan mijozlar o‘rtasida mushtlashuv kelib chiqqan. Ularni tinchlantirish uchun kelgan polisiya bir kishini qo‘lga olgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!