AQSh “Tesla” dan nuqson tufayli 158 ming avtomobilni qaytarib olishni talab qildi

AQSh “Tesla” dan nuqson tufayli 158 ming avtomobilni qaytarib olishni talab qildi

AQSh transport vazirligi huzuridagi Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi “Tesla” kompaniyasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar sababli 158 mingta mashinani qaytarib olishni talab qildi.

“Reuters” xabariga ko‘ra, gap “Model S” va “Model X” elektr transport vositalari haqida ketmoqda.

Ta’kidlanishicha, boshqarma mashinalarning asosiy boshqaruv qismida, xususan, displeyda muammolar topilganligini da’vo qilmoqda.

“Tesla” 2003 yilda tadbirkor Ilon Mask tomonidan tashkil etilgan. Dastlab kompaniya elektr transport vositalarini ishlab chiqargan, ammo keyinchalik quyosh batareyalari va boshqa energiya yig‘ish tizimlarini ham ishlab chiqishga kirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!