AQSh Parijning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi kelishuviga qaytdi

AQSh Parijning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi kelishuviga qaytdi

AQSh to‘rt oylik tanaffusdan so‘ng 19 fevral kuni Iqlim to‘g‘risidagi Parij kelishuvi ishtirokchisiga aylanadi. 

Mamlakat prezidenti Jo Bayden saylovoldi tashviqoti paytida, agar u saylovda g‘alaba qozonsa, AQShni kelishuvga qaytarish birinchi qadamlaridan biri bo‘lishini bir necha bor ta’kidlagan edi. Bayden, shuningdek, muqobil energiya manbalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va federal idoralar parkini elektr transport vositalariga o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytgan. 

20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inaugurasiyadan so‘ng Bayden mamlakatning ushbu bitimga qo‘shilishi to‘g‘risida farmonni imzoladi. Parij kelishuviga qaytish jarayoni atigi 30 kun davom etgan bo‘lsa, undan chiqish bir necha yil davom etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!