AQSh nega koronavirusga yengilmoqda?

AQSh nega koronavirusga yengilmoqda?

AQSh rasmiylari to‘liq izolyasiya rejimini joriy qila olmadilar, buning natijasida koronavirus butun mamlakat bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. Bu haqda Amerika yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi, Covid-19 nazorat qilish guruhining bosh mutaxassisi, doktor Entoni Fauci ma’lum qildi.

"Biz to‘liq yopilmadik va shuning uchun virusga chalinganlar ko‘paymoqda", – dedi u.

Faucining ta’kidlashicha, ilgari Qo‘shma Shtatlarda kuniga 20 mingta holat aniqlanib, epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirishga erishilgan. Ammo keyin cheklov choralarini bekor qilish boshlandi, natijada Kaliforniya, Arizona, Texas va Florida shtatlarida virusga chalinish avj oldi.

Fausining ta’kidlashicha, bir qator davlatlar xavfsizlikni ta’minlash mezonlariga javob bermasdan iqtisodiy faoliyatini qayta boshlagan. Shu bilan birga, Fauci Qo‘shma Shtatlar yana cheklovlarni joriy qilishga urinishi kerak emas, degan fikrni bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "bir oz orqaga qaytish va keyin tavsiyalarni ehtiyotkorlik bilan bajarish, uni bosqichma-bosqich bajarish" mumkin.

Qo‘shma Shtatlar dunyoning barcha mamlakatlari orasida koronavirus infeksiyalari va o‘lim holatlari bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!