AQSh "amerikaliklarni hibsga olgani" uchun sanksiyalarni kengaytirish rejalarini e’lon qildi

AQSh "amerikaliklarni hibsga olgani" uchun sanksiyalarni kengaytirish rejalarini e’lon qildi

Oq uyning strategik xavfsizlik bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Rossiya va AQSh o‘rtasidagi mahbuslar almashinuviga izoh berdi. Kirbining aytishicha, Qo‘shma Shtatlar rasmiylari "amerikaliklarni noto‘g‘ri hibsga olganliklari" uchun sanksiyalarni kengaytirishni ko‘rib chiqmoqda.

"Biz amerikaliklarga Rossiyaga bormaslikni aytdik, biz Levinson qonunidan foydalangan holda sanksiyalar kiritdik va buni yana takrorlaymiz. Biz odamlarga ma’lum mamlakatlarga sayohat qilish bilan bog‘liq xavflardan xabardor bo‘lishlarini targ‘ib qilamiz" - dedi Jon Kirbi Fox News telekanalida. Levinson qonuni Vashingtonga "AQSh fuqarolarini noqonuniy hibsga olgan" davlatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash imkonini beradi.

Kirbining qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Rossiyada qamoqqa olingan amerikaliklarni qaytarishga intilmoqchi. Uning aytishicha, ular orasida 2021 yildan beri Rossiya Federasiyasida hibsda saqlanayotgan Mark Fogel ham bor.

1 avgust kuni Sovuq urush davridan beri eng yirik mahbus almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Rossiya va Belarus 16 mahbusni ekstradisiya qildi. AQSH, Germaniya, Norvegiya, Polsha va Sloveniya o‘n kishini ekstradisiya qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!