AQSh afg‘on texnikalarini O‘zbekistonga berishga haqli emas

AQSh afg‘on texnikalarini O‘zbekistonga berishga haqli emas

Afg‘oniston Mudofaa vazirligi AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenikning bayonotiga shunday munosabat bildirdi. Bayonotda Amerika afg‘on xalqining mulkini tasarruf qilishga haqli emasligi ta’kidlangan.

Rasmiy Toshkentdan esa "dono qaror" qabul qilishi va texnikalarni Afg‘onistonga qaytarishda yordam berishi kutilayotgani aytilgan, deb yozadi @sputnikaf.

Elchi Xenik o‘zbek nashriga bergan intervyusida 2021 yilda afg‘on harbiylari O‘zbekistonga olib o‘tgan texnikalar mamlakatda qolishi bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilda "Tolibon" qaytadan hokimiyatga kelganida afg‘on uchuvchilari samolyot va vertolyotlarda O‘zbekiston va Tojikistonga qochgandi. Xususan, O‘zbekistonga 22 ta "Embraer EMB 314 Super Tucano" va "Pilatus PC-12" rusumli samolyotlar va 24 ta "UH-60 Black Hawk", "MD-530" va "Mi-17" rusumli vertolyotlar olib o‘tilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!