Apple 13 milliard yevro soliq imtiyozlari bo‘yicha da’voda yutqazdi

A A A
Apple 13 milliard yevro soliq imtiyozlari bo‘yicha da’voda yutqazdi

"Evropa Ittifoqi sudi nihoyat Yevrokomissiya qarorini tasdiqladi", deb yozadi Euronews.

Ushbu masala bo‘yicha da’vo arizasi Irlandiyada 2014 yildan beri ko‘rib chiqilmoqda. Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Apple 20 yil davomida mamlakat soliq imtiyozlaridan noqonuniy foydalangan – xususan, daromaddan 0,005% stavkada korporativ soliq to‘lagan.

"Evropa komissiyasi qoidalarni o‘tib ketgan sana bilan o‘zgartirishga harakat qilmoqda va xalqaro soliq qonunchiligi talabi bo‘yicha bizning daromadimiz Qo‘shma Shtatlarda allaqachon soliqqa tortilganiga bee’tiborlik qilmoqda", —deya kompaniya vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Reuters.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!