Andrey Kortunov bashorati: Rossiya va NATO o‘rtasida tez orada urush boshlanishi mumkin...

Andrey Kortunov bashorati: Rossiya va NATO o‘rtasida tez orada urush boshlanishi mumkin...

Rossiya va NATO o‘rtasidagi diplomatik mojaro Birinchi jahon urushi oldidagi holatga o‘xshaydi. Bu haqda Rossiya xalqaro masalalar bo‘yicha kengashi direktori Andrey Kortunov fikr bildirgan.

Sputnik Tojikiston xabari asosida.

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, oldingi vaqtlarda ko‘pchilik tez orada jangovar harakatlar boshlanib ketishini oldindan ko‘ra bilmagan.

"Etti yil mojaro bo‘lmagan, endi esa hech qachon bo‘lmaydi ham. Ko‘pchilik Birinchi jahon urushi oldidan xuddi shunday o‘ylashgan", - deya ta’kidlagan Kortunov.

Ekspert RF va shimoliy atlantika alyansi qurolli kuchlari o‘rtasidagi ishchi aloqalar ahamiyatini qayd etib o‘tdi.

Kortunovning fikricha, Rossiya va NATO munosabatlaridagi mojaro oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Rossiyaning Alyans qoshidagi vakolatxonasi ishining tugatilishi bilan - ikkala tomon harbiylari o‘rtasida muloqotlar tiklanishiga bo‘lgan umid so‘ndi. Ushbu holat har qanday inqirozda salbiy oqibat yuz berishi xatarini kuchaytiradi, deb ta’kidlamoqda ekspert.

Kortunovning aytishicha, RF va NATO o‘rtasida munosabatlar yomonlashuvi oktyabr oyida boshlangan. Bunga Alyansning rossiyalik diplomatlarni Bryusseldan chiqarib yuborish qarori sabab bo‘lgan edi. Bunda Pentagonning Ukraina va Gruziya NATOga a’zo bo‘lishi mumkinligi haqidagi bayonoti ham muhim rol o‘ynadi.

Kortunovning so‘zlariga ko‘ra, NATO Rossiya obrazidan asosiy raqib sifatida foydalanishni xohlamoqda.

Ilgariroq, RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat 1 noyabrdan Alyans qoshidagi o‘z vakolatxonasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Rossiya hukumati Moskvadagi NATO axborot byurosini ham yopishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!