Andijondagi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in bir soatda o‘chirildi

Andijondagi zavodda sodir bo‘lgan yong‘in bir soatda o‘chirildi

Andijon viloyatidagi zavodda yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat FVB axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 10 sentyabr kuni soat 23:58 da Andijon shahar Yangi aylanma ko‘chasida joylashgan “Uz Koram Ko” MCHJda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Soat 00:06 da aytilgan manzilga yong‘in qutqaruv ekipajlari yetib borgan va soat 00:55 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Holat natijasida MCHJning shamollatish ventilyasiya shaxtasida 90 m kv maydonda bo‘yoq qoldiqlari yonib zararlangan. Tan jarohati holatlari qayd etilmagan. Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!