Andijondagi oziq-ovqat bozorida yong‘in: 1 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan

Andijondagi oziq-ovqat bozorida yong‘in: 1 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda 17 noyabr oqshomida Andijon tumanidagi ulgurji oziq-ovqat bozorida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida xabarlar tarqalgan. 

Aniqlanishicha, 2020 yil 17 noyabr kuni soat 21-15 larda Andijon tumani, Sultonobod mahallasida joylashgan “Yorboshi vodiy savdo” MCHJga tegishli bo‘lgan oshxona va savdo do‘konlarining umumiy 692,9 kv/m. qismi yonib, taxminan 1 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani prokuraturasi tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “b” bandi (Og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!