Ana xolos! O‘zbeklarni haqorat qilgan "Lukoyl" amaldorini himoya qilayotganlar ham bor

Ana xolos! O‘zbeklarni haqorat qilgan "Lukoyl" amaldorini himoya qilayotganlar ham bor

Kuni kecha "Lukoyl" amaldorining o‘zbek ishchilarini haqoratlagani aks etgan video tarqaldi. Tabiiyki, bunga salbiy reaksiya bildirildi.

Ammo Feysbuk foydalanuvchisi Oybek Mo‘minovning yozishicha, Shilovni himoya qilayotganlar ham bor ekan.

O‘riszabonlarning aksariyati Shilovni himoya qilib yotibdi.
"Shunaqa qattiqo‘llik qilmasa bo‘miydi.." "O‘zbeklar bitta ishni eplab qilolmaydi..." "Texnika xavfsizligi, bir falokat yuz bersa kim javob beradi..." Ba-bla-bla. Men tushunmaganim, "Lukoyl" vrode o*uyenno zamonaviy kompaniya, texnologii tam, krutoy menejment. Ishchilar shunaqa o‘taketgan noshud ekan, ularning noshudligi endi bilinibdimi? Ularni kim "otbor" qilgan, kim qabul qilgan ishga? Gosdepmi? Personalni o‘qitish, malakasini oshirish kerak, mehnat intizomi va xavfsizlik qoidalariga amal qilmaganni bo‘shatish mumkin nakones. Menimcha, hamma gap ochko‘zlikda. O‘zbekning neft-gazini arzonga qazib olib ketishyapti, ish kuchi ham Rossiyaga qiyosan deyarli tekin. Ham xo‘rdadan, ham burdadan uramiz deb, duch kelganni ishga olgan bo‘lsanglar ayb o‘zlaringda. Ammo o‘zbekni haqorat qilishga haqqingiz yo‘q.
Va bosh energetik Vanya Shilov uzr so‘rashi kerak", deb yozadi Oybek Mo‘minov. 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!