Ana xolos! Niqob taqishni rad etgan rejissyor nufuzli festivaldan chetlashtirildi

Ana xolos! Niqob taqishni rad etgan rejissyor nufuzli festivaldan chetlashtirildi

Ispaniyaning San-Sebastyan shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda 73 yoshli fransuz rejissyori, ssenarist va aktyor Ejen Grin tibbiy niqob taqishdan bosh tortgani uchun akkreditasiyadan va tanlovdan chetlashtirildi. 

Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, film namoyishi paytida rejissyordan besh marta niqob taqish so‘ralgan, ammo Grin rad etgan. Natijada, fransuz rejissyori zaldan haydaldi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy huquqni muhofaza qilish idoralari aktyorni sudga berish to‘g‘risida ogohlantirgan.

28 avgust kuni Parij hukumati aholiga ko‘chalarda yurganda niqob taqishni buyurdi. 26 avgustda xuddi shu qarorni Marsel hukumati qabul qildi. Ko‘chada yoki do‘konda niqobsiz yurganlarga 135 yevro jarima solinadi. Agar yana qoidalar buzilsa, jarima miqdori 1,5 ming yevroga ko‘payishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!