Ana xolos! Deputat nega efirga Charli Chaplin qiyofasida keldi?

Ana xolos! Deputat nega efirga Charli Chaplin qiyofasida keldi?

Bu haqda life.ru xabar berdi.

Yuqori Rada vise-prezidenti Aleksey Goncharenko Pryamoy telekanalida suratga olingan ko‘rsatuvga Charli Chaplin qiyofasida tashrif buyurdi va agar bu Ukarinaga yordam beradigan bo‘lsa hattoki masxaraboz kiyimida yurishga ham tayyor ekanini aytdi.

Va’da berdim, bajardim. Sizlardan Qachon masxaraboz libosini kiyasiz? qabilidagi savollar ko‘plan kelib turadi. Bilasizmi, agar bu Ukrainaga yordam bersa, men umr bo‘yi shu kiyimda yurishga tayyorman , - deydi deputat Feysbuk da.

Ukraina OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, bir safar Goncharenko mazxaraboz kiyimini kiyib olishni va’da qilgan edi, agar qiziqchi Vladimir Zelenskiy prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqchi bo‘lsa. Demak, uning nega bunday libosni kiygani endi aniq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!