Ana xolos! Braziliyalik ayol marhuma ayol yordamida farzandli bo‘ldi. Qanday qilib? (foto)

Ana xolos! Braziliyalik ayol marhuma ayol yordamida farzandli bo‘ldi. Qanday qilib? (foto)

Tibbiyotda ayni damda aqlbovar qilmas holatlar yuz bermoqda. Ana shunday voqealardan biri Braziliyada sodir bo‘ldi, deb yozadi “Mirror”.

Gap shundaki, 32 yoshli ayolning kamdan-kam kuzatiladigan tug‘ma kasallik tufayli bachadoni yo‘q edi. Ammo u farzand ko‘rishni istardi. Shunda shifokorlar katta tavakkalga qo‘l urishdi.

Gap shundaki, ular 3 nafar farzand ko‘rgan, o‘zi esa insult natijasida vafot etgan 45 yoshli ayolning bachadonini 32 yoshli ayolga ko‘chirib o‘tkazishdi. Buni qarangki, 32 yoshli ayol ana shu bachadon orqali farzandli bo‘ldi va uni sog‘lom dunyoga keltirdi. Keyinroq esa dorilar tufayli o‘zini noqulay his qila boshlagan ayoldan bachadon yana olib tashlandi. Ammo ayol farzandli bo‘lganidan baxtiyor. U qiz farzandni dunyoga keltirdi.

“Bu uning hayotidagi eng muhim lahzalardir. Endi u ona, farzandini ko‘rganida qanday baxtli bo‘lganini bilsangiz edi?” deydi shifokor Dani Eyzenberg.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!