Ana xolos! Braziliya koronavirus bo‘yicha statistikani yangilamay qo‘ydi

Ana xolos! Braziliya koronavirus bo‘yicha statistikani yangilamay qo‘ydi

Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bo‘yicha ma’lumotlarni bermay qo‘ygach, dunyo bo‘yicha koronavirus bo‘yicha statistikani berib boruvchi AQShning Jon Hopkins universiteti 6 iyun kuni Braziliya bo‘yicha ma’lumotlarni o‘z saytidan o‘chirib tashlagan. Universitetda ta’kidlanishicha, oxirgi 24 soat ichidagi kamaytirib berilgan ma’lumotlarni e’lon qilishdan ma’no yo‘q.

Biroq keyinroq Braziliya bo‘yicha ma’lumotlar saytga qaytarilgan. Unga ko‘ra, ayni vaqtda Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 645771 nafarni tashkil qilmoqda. 

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru hukumatning Braziliyada koronavirus epidemiyasi ko‘lamlari haqidagi rasmiy ma’lumotlarni qisman yashirish qarorini qo‘llab-quvvatlagan.  

Bolsonaru "Twitter"da sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus tarqalishi o‘choqlarini aniqlash va epidemiyaga qarshi keyingi strategiyani belgilash uchun koronavirus bo‘yicha statistikani yig‘ishni optimallashtirishini ma’lum qilgan.

Uning ta’kidlashicha, hozirgi ma’lumotlar mamlakatdagi vaziyatni aks ettirmaydi. Statistikada xatoliklar bo‘lmasligi uchun virusga chalinganlar soni avvalgidek mahalliy vaqt bilan soat 17 dan 19 gacha emas, balki 22da e’lon qilinadi.

6 iyunda Bolsonaru Braziliya AQSh ortidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini tark etishi mumkinligini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, bu holat agar JSST “sog‘liqni saqlash borasida Braziliyaga nima qilishni o‘rgatsa” yuz berishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!