Alisher Shodmonov koronavirusdan vafot etgan shifokor xonadoniga bordi

Alisher Shodmonov koronavirusdan vafot etgan shifokor xonadoniga bordi

Joriy yilning 28 iyun koronavirusga chalingan 52 yoshli shifokorning miokard infarktidan vafot etgani haqida ma’lum qilingan edi. Marhumning qizi, vrach Shahnoza Hasanova Bu ma’lumotga e’tiroz bildirib, vaziyat bilan bog‘liq barcha tafsilotlar haqida saytimizga intervyu berdi. Mazkur voqega oid materiallar ko‘plab saytlarda chop qilindi, ijtimoiy tarmoqlar muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Shahnoza Hasanovaning xabar berishicha, bugun Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov marhum shifokorning xonadonida bo‘lib, uy egalaridan ko‘ngil so‘ragan. Vazir bo‘lib o‘tgan ishlar ularni qattiq ta’sirlantirgani, shifokor jamoasi uchun og‘ir judolik ekanini bildirib, holat batafsil o‘rganilishini shaxsan o‘zi nazoratga olishi, boquvchisini yo‘qotgan oilani yolg‘iz tashlab qo‘ymasliklarini aytgan.

Koranavirusga chalinib, vafot etgani sababli kompensasiyalar qonuniy tartibda to‘lanib berilishini ma’lum qilgan.

O‘z navbatida SH. Hasanova ushbu jarayonda oilasini qo‘llab quvvatlagan jamoatchilik, jurnalistlar va blogerlarga ham o‘z rahmatini yetkazib qo‘yishimizni iltimos qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!