Aliyev ham, Putin ham mamnun bo‘ldi

Aliyev ham, Putin ham mamnun bo‘ldi

Ozarbayjon va Rossiya rahbarlari Ilhom Aliyev va Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Kreml rasmiy sayti.

Xabar qilinishicha, prezidentlar Putinning yaqinda Ozarbayjonga amalga oshirgan davlat tashrifi muvaffaqiyatli yakunlanganidan mamnun ekanliklarini bildirishgan. «Muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarning izchil amalga oshirilishi Rossiya-Ozarbayjon ittifoqchilik va sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga xizmat qiladi».

Muhokama Janubiy Kavkazdagi mavjud vaziyatning turli jihatlari, jumladan, Ozarbayjon-Armaniston tinchlik shartnomasini tayyorlash, chegarani delimitasiya va demarkasiya qilish, ikki davlat o‘rtasidagi transport kommunikasiyalarini to‘siqdan chiqarish kabi masalalar bo‘yicha davom etgan. Shu munosabat bilan Rossiya tomoni Boku va Yerevanga tegishli o‘zaro maqbul yechimlarni ishlab chiqishda har tomonlama yordam ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini tasdiqlagan.

Aliyev va Putin shaxsiy aloqalarni davom ettirishga kelishib olgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 18-19 avgust kunlari Ozarbayjonda bo‘ldi. Bu Rossiya rahbarining 6 yil ichida mamlakatga ilk tashrifi edi. Shundan so‘ng Putin Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qilgan va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara natijalarini muhokama qilgani xabar qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!