Aholiga imtiyozli narxda berilishi kerak bo‘lgan suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilindi

Aholiga imtiyozli narxda berilishi kerak bo‘lgan suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Natijasida G‘uzor tumanida joylashgan “Hamro” MCHJ rahbari F.Muyanov aholiga imtiyozli narxda berilishi kerak bo‘lgan suyultirilgan gaz mahsulotini talon-taroj qilganligi ma’lum bo‘ldi. Tekshiruvlar davomida mazkur MCHJga qarashli maishiy gaz ballonlarni to‘ldirish shaxobchasidan unga yaqin hududda joylashgan F.Muyanovning avtomobillarga gaz quyish xususiy shahobchasiga yashirin tarzda quvur o‘tkazilganligi oshkor bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu shaxobchadan “Zil” avtomashinasida gaz mahsuloti olib chiqilib, Qarshi shahar, “Chovqay” mahallasida joylashgan “Avtohamkor” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shaxobchasiga sotish uchun yetkazib berilayotganligi ham aniqlandi.

Hozirda yuqorida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!