Afrikada maymun chechagi bilan kasallanganlar soni 25 ming kishiga yetmoqda

Afrikada maymun chechagi bilan kasallanganlar soni 25 ming kishiga yetmoqda

2024 yil boshidan buyon Afrika mamlakatlarida mpox («empoks» – maymun chechagining yangi nomi) bilan kasallanganlar soni 22,8 ming nafarga yetdi. Bu haqda Afrika Ittifoqi tibbiy xizmati – Afrika Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari xabar berdi, deb yozadi TASS.

Yil boshidan buyon virus yuqtirgan 622 kishi vafot etgan. Bundan tashqari, so‘nggi bir hafta ichida kasallanishlar soni 200% ga oshdi.

Mpox episentri Kongo Demokratik Respublikasi hisoblanadi. Kasallikdan eng ko‘p zarar ko‘rgan yosh guruhi 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardir.

So‘nggi haftalarda tibbiy xizmatlarning yuqtirishdan keyin holatlar va o‘limlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlari turlicha bo‘ldi. Buning sababi shundaki, ba’zi xizmatlar faqat laboratoriya tomonidan tasdiqlangan holatlarni hisobga olgan bo‘lsa, boshqalari mpoxga shubha qilingan holatlarni ham hisobga oladi.

Endi qit’ada mpox tarqalishi sababli sog‘liq uchun favqulodda holat e’lon qilindi. Afrikaning 18 davlatida kasallanganlar aniqlangan. 14 avgust kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Afrikadagi mpox epidemiyasi xalqaro ahamiyatga molik jamoat salomatligi favqulodda vaziyat ekanligini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!