Afrikada 175dan oshiq ommaviy qatl qurbonlarining suyaklari topildi

Afrikada 175dan oshiq ommaviy qatl qurbonlarining suyaklari topildi

Afrikaning Burkina-Faso shimolidagi qabristonda kamida 180 erkakning jasadi topildi, deb xabar beradi “Reuters” agentligi.

“Human Rights Watch”  xalqaro tashkilotining bayonotiga ko‘ra, Jibo shahri yaqinida hukumat kuchlari tomonidan amalga oshirilgan deya taxmin qilinayotgan ommaviy qatl qurbonlari umumiy qabrga dafn etilgan. Tashkilot mamlakat rahbariyatini aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirmoqda.

O‘z navbatida, Burkina-Faso rasmiylari o‘z tekshiruvlarini boshlashlarini ma’lum qilishdi.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari xabariga ko‘ra, qatllar o‘tgan yil oxirida boshlangan. Qotilliklar oldidan odamlarning qo‘llari bog‘langan va ko‘zlari ko‘r qilingan, keyin jasadlar shahar yo‘llari va Jibo ko‘priklari ostida qoldirilgan.

2017 yildan beri Burkina-Faso “Al-Qoida” va "Islomiy davlat" ga aloqador jangari guruhlarga qarshi kurashib kelmoqda. Mojaro boshlanganidan beri 100 dan oshiq odamlar hayotdan ko‘z yumgan, millionga yaqin odamlar qochqinlarga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!