Afg‘onistonda nihoyat urush tugashi mumkin

Afg‘onistonda nihoyat urush tugashi mumkin

AQSh va "Tolibon" harakati kelishuvga erishgan. Agar kelishuvga to‘liq amal qilinsa, Afg‘onistondagi bir necha o‘n yillik urush tugashi mumkin. 

Gap nimada?

AQSh va "Tolibon" harakati o‘rtasida zo‘ravonlikni kamaytirish bo‘yicha 7 kunlik sulh boshlangan. Sulh nihoyasi sifatida 29 fevral kuni Dohada ikki tomonlama doimiy tinchlik bitimi imzolanadi.

Tinchlik bitimiga ko‘ra, AQSh o‘z qo‘shinlarini bosqichma-bosqich Afg‘onistondan olib chiqib ketadi. Ayni paytda Afg‘onistonda AQShning 13 ming askari bor.

"Tolibon" esa Afg‘onistondan turib terrorchilik sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi.

Background

2019 noyabrda AQSh prezidenti Donald Tramp "Tolibon" bilan uchrashish uchun kutilmaganda Afg‘onistonga kelgandi.

"Tolibon" Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegarasida joylashgan Badaxshon viloyatidagi Nusay uyezdiga to‘planishgandi. Afg‘on hududida ISHID tor-mor etilgani ham aytilgandi.

2019 yil 8 avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida "Tolibon" harakati siyosiy idorasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Keyin ular Samarqandga borishgan, zarbof to‘nlar kiyishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!