Afg‘oniston o‘rmonlarida daraxt kesish taqiqlandi

Afg‘oniston o‘rmonlarida daraxt kesish taqiqlandi

Afg‘onistonning muvaqqat hukumati o‘rmonlarda daraxt kesish va yog‘och kontrabandasini taqiqladi. Bu haqda “Tolibon” harakati vakili, Axborot va madaniyat vazirining o‘rinbosari Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bunday holatlarning oldini olish uchun xavfsizlik xizmati va viloyatlar hokimliklari nazoratni kuchaytirishlari lozim.

Yog‘och Afg‘onistonda uzoq vaqt mobaynida asosiy energiya manbalaridan biri bo‘lib kelgan. Biroq o‘rmonlarning nazoratsiz kesilishi daraxtlar sonining keskin kamayishiga va oxir-oqibat atrof muhitning ifloslanishiga olib keldi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2015 yilda Afg‘onistonda o‘rmonlarning umumiy maydoni 1,35 million gektarga yoki mamlakat hududining 2,1 foiziga teng edi. “Tolibon” esa o‘rmondan maydonini 2025 yilgacha 1,9 million gektarga yetkazmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!