Afg‘oniston Ozarbayjondan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun yordam so‘radi

Afg‘oniston Ozarbayjondan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun yordam so‘radi

Afg‘oniston ma’muriyati Ozarbayjondan bu yil Ozarbayjon poytaxti Bokuda bo‘lib o‘tadigan 2024 yilgi BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida (COP29) ishtirok etish uchun yordam so‘radi.

Afg‘oniston atrof-muhitni muhofaza qilish milliy agentligi bosh direktori Matiul Haq Xolis mamlakat poytaxti Kobulda Ozarbayjonning Kobuldagi elchisi Ilhom Muhammedov bilan uchrashdi.

Xalqaro hamjamiyatning Afg‘oniston bilan ekologik masalalarda yetarli darajada hamkorlik qilmayotganini qayd etgan Xolis Ozarbayjondan Afg‘onistonning COP29dagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashni va bu yo‘nalishda yordam berish uchun choralar ko‘rishni so‘radi.

«Anadolu» agentligi muxbiriga Ozarbayjonning Kobuldagi elchixonasida ma’lum qilinishicha, Afg‘oniston tomonining so‘rovi tegishli organlarga o‘tkaziladi.

11-22 noyabr kunlari Ozarbayjonda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi tomonlarning 29-konferensiyasi (COP 29) bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!