Afg‘on o‘zbeklarining yetakchisi marshal Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi

Afg‘on o‘zbeklarining yetakchisi marshal Do‘stum Afg‘onistonga qaytdi

Afg‘oniston o‘zbeklar jamiyati yetakchisi, marshal Abdul-Rashid Do‘stum Turkiyada davolanganidan keyin vataniga keldi.

Afg‘oniston matbuoti Do‘stum mamlakat shimoli va shimoli-sharqidagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni jilovlash rejasi bilan mamlakatga qaytganini xabar qilmoqda. Yaqin orada odamlarni safarbar etish va boy berilgan hududlarni qaytarish choralari ko‘rilishi mumkin.

Qayd etilishicha, marshal o‘z rejasini amalga oshirishni boshlashdan oldin, uni prezident G‘aniga taqdim etadi va uchrashuvda xalq lashkarlarini ta’minlash masalasi muhokama qilinadi.

Shu bilan birga, Do‘stum Kobuldagi matbuot anjumanida siyosiy rahbarlarni mamlakatdagi hozirgi vaziyatni hisobga olgan holda safarbarlikka chaqirdi va “hammamiz bir-birimizga ishonishimiz kerak” dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!