89 yoshli onaxon koronavirusni yengdi

89 yoshli onaxon koronavirusni yengdi

Olmaota viloyatida koronavirus yuqtirib olgan 89 yoshli onaxon sog‘aydi. Bu haqda Kazinform hokimiyat matbuot xizmatiga asoslanib xabar beradi.

Kegen tumanida istiqomat qiluvchi 1931 yilda tug‘ilgan Kumisxan Orazaqinova 4 maydan beri Shelek qishlog‘idagi tuman kasalxonasida davolanib kelgan. Kasalxona bosh shifokori Gulnar Kurametovaning so‘zlariga ko‘ra, qabul paytida bemorning ahvoli o‘rtacha og‘ir edi.

«Kasalxonaga yotqizilgan paytda biz bemorning yoshini hisobga olgan holda uni reanimasiya bo‘limiga joylashtirdik. Chunki yuqori qon bosimi har qanday kasallikni kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun biz uni qattiq nazoratda ushlab turdik. Bugungi kunda bemor koronavirusdan to‘liq tuzaldi», - dedi bosh shifokor.


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!