8 avgustdagi test sinovlari natijalari: davlat grantiga o‘tishning o‘rtacha bali — 99, to‘lov-kontraktniki esa — 78,9

8 avgustdagi test sinovlari natijalari: davlat grantiga o‘tishning o‘rtacha bali — 99, to‘lov-kontraktniki esa — 78,9

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 8 avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan test sinovlari yakunlari haqida axborot berdi. U bu haqda Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

8 avgust kuni test sinovlari 57 ta binoda 17 ta oliy ta’lim muassasalarining 68 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan. Unda 58 063 nafar abituriyent ishtirok etgan, 1 452 nafar abituriyent imtihonlarga kelmagan. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 90 nafar abituriyent chetlatilgan.

8 avgust kungi test sinovlarida davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali Urganch davlat universitetining «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi» ta’lim yo‘nalishida (184,6 ball), to‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali esa Farg‘ona davlat universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili» ta’lim yo‘nalishida (138,3 ball) qayd etildi.

«O‘rtacha o‘tish bali: davlat granti – 99,0 ball;to‘lov-kontrakt – 78,9 ball», — deb yozadi Aziz Abduhakimov. 8 avgustda o‘tkazilgan test sinovlari natijalarini 9 avgust kuni soat 18:30 dan boshlab DTM saytining http://www.dtm.uz/page/test_result sahifasida tekshirish mumkin bo‘ldi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!