+194. O‘zbekistonda koronavirusga chalinish yangi dovondan oshdi

+194. O‘zbekistonda koronavirusga chalinish yangi dovondan oshdi

2020 yil 23 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 53 051 (+194) nafarni tashkil etmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining 101 nafari Toshkent shahrida, 51 nafari Namangan viloyatida, 15 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Samarqand viloyatida, 8 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Toshkent viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. 

Ayni paytda yurtimizda 49 224 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 3 384 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!