12 ming insonning o‘limiga sabab bo‘lgan "Buyuk" tuman haqida bilasizmi?

12 ming insonning o‘limiga sabab bo‘lgan "Buyuk" tuman haqida bilasizmi?

Suv toshqini, bo‘ron, yer silkinishi kabi tabiiy ofatlar turli zamon va makonda insoniyat umriga zomin bo‘lgan hamda jiddiy ofat sifatida qaraladi. Biroq 1952 yil Londonda suv toshqini yoki zilzila emas, aynan tuman oqibatida 12 ming kishi qurbon bo‘lgan.

1952 yil 5 dekabr kuni shamolsiz, sovuq ob-havo sharoitida Londonga antisiklon boshlanadi, natijada shahar osmonini zararli moddalar, xususan ko‘mirdan iborat quyuq tuman qoplaydi. Bu holat 4 kun davom etgan. 8 dekabr kuni chaqaloqlar, nafas yo‘li kasalliklari bor kishilar hamda qariyalardan iborat umumiy 12000 kishi halok bo‘lgani qayd etilgan, aholining katta qismi o‘pka kasalliklari orttirgan.

Tuman qoplangan paytda ko‘zi ojiz kishilar odamlarga yurishda ko‘maklashgan. Bunga tumanning quyuqligi sabab bo‘lib, ko‘z bilan ko‘rishning imkoni yo‘q edi. Ko‘zi ojiz aholi esa, tabiiyki, qorong‘ulikda harakatlanishga moslashgan. Britaniya tarixidagi eng yirik havo ifloslanishi 1956 yilda "Toza havo to‘g‘risida"gi qonun qabul qilinishiga asos hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!