Toshkent YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi ta’mirlash uchun vaqtincha yopiladi

Toshkent YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi ta’mirlash uchun vaqtincha yopiladi

Toshkent shahar IIBB YHXB ning Yunusobod tumani O.Zokirov ko‘chasi 2-uyda joylashgan xalq tilida "Gvardeyskiy" nomi bilan tanilgan ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi 8 iyuldan vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Bunga bo‘lim joylashgan binolarda qurilish va qayta ta’mirlash ishlari boshlanganligi sabab bo‘ladi.

Fuqarolarga xizmat ko‘rsatayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limiga qarashli bo‘linmalarining manzillari:

Mirobod tumani Beshkent ko‘chasi 43-uy (Fayzobod)

Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 53-uy (Uzbum)

Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 118 “a”-uy (Sobir Rahimov)

Sergeli tumani Sergeli avtomashina bozori hududida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!