HAMAS G‘azoda bir necha ming yangi jangari yollagani haqida xabar berdi

HAMAS G‘azoda bir necha ming yangi jangari yollagani haqida xabar berdi

Falastinning HAMAS harakati tarafdorlari Isroil bilan qurolli to‘qnashuv paytida G‘azo sektoriga bir necha ming yangi jangarilarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lishganini da’vo qilmoqda.

Bu haqda harakatning harbiy qanoti – “Izzaddin al-Qassam brigada” guruhining rasmiy vakili – Abu Ubayda bayonot berdi.

"Urush paytida biz zaxira bo‘linmalari tarkibiga kirgan minglab yangi jangchilarni jalb qila oldik va zarurat tug‘ilishi bilan yana bir necha ming kishi bizga qo‘shilishga tayyor", dedi Abu Ubayda.

U g‘azoliklarni uning harakati “tajovuzga chek qo‘yish tarafdori” ekanligiga ishontirdi, lekin faqat “bosqinchilikka qarshi kurashda adolat g‘alabasini” kafolatlaydigan shartlarga rozi bo‘lishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!