Toshkent shahri YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi ta’mirlash uchun yopiladi

Toshkent shahri YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi ta’mirlash uchun yopiladi

Poytaxt YHXBning Yunusobod tumanidagi ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi («Gvardeyskaya») rekonstruksiya qilish uchun yopiladi. Haydovchilar shahardagi boshqa bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin.

8 iyuldan boshlab Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yunusobod tumani O.Zokirov ko‘chasi (sobiq Gvardeyskaya) 2-uyda joylashgan ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi ta’mirlash ishlari sababli yopiladi.

Boshqarma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchilar quyidagi bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin:

  • Mirobod tumani Beshkent ko‘chasi 43-uy (Fayzobod)
  • Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 53-uy (Uzbum)
  • Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 118A-uy (Sobir Rahimov)
  • Sergili tumani Sergili avtomashina bozor hududida.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!