“Bavariya” APL klubi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

“Bavariya” APL klubi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

Myunxenning “Bavariya” jamoasi Maykl Olise transferini e’lon qildi.

“Kristal Pelas” yarim himoyachisi myunxenliklar bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Olisening yangi jamoasi bilan bitimi 2029 yilning iyuniga qadar davom etadi.

Futbolchining transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etdi.

Olise 2023/24 yilgi mavsum APLda 19 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!