Fransuzlar tartibsizliklarga hozirlik ko‘rmoqda

Fransuzlar tartibsizliklarga hozirlik ko‘rmoqda

Fransuzlar xususiy bizneslarini himoyalash uchun taxtalar va metall panjaralardan foydalanmoqda.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 12:00 holatiga ko‘ra ikkinchi turda saylovchilarning ishtiroki 26,63 foizni tashkil qilgan. Qayd etilishicha, bu 1981 yildan beri rekord ko‘rsatkichdir.

30 iyunga o‘tar kechasi birinchi tur natijalari e’lon qilinganidan keyin mamlakatda tartibsizliklar boshlangan edi. 9 iyun kuni Makron Yevroparlamentga saylovlarda o‘zining «Uyg‘onish davri» partiyasi mag‘lubiyatga uchragach, Milliy Assambleyani (parlament) tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!