Xitoy parlamentining nufuzli delegasiyasi yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi

Xitoy parlamentining nufuzli delegasiyasi yurtimizda mehmon bo‘lib turibdi


Xitoy Xalq Respublikasi Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Chjao Leszi boshchiligidagi delegasiya yurtimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

6 iyun kuni Xitoy delegasiyasi a’zolari ko‘xna Samarqandda bo‘lib, qadimiy arxitektura va ko‘p asrlik shaharning tarixiy obidalari, me’moriy manzaralari bilan yaqindan tanishdilar.

Bugun mehmonlar tashrifning asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent shahriga yetib kelishdi. Ularni Toshkent xalqaro aeroportida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva kutib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!