Turkiyada zilzila sodir bo‘ldi

Turkiyada zilzila sodir bo‘ldi

Turkiya janubi-g‘arbidagi Mug‘la viloyatida 4,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi saytida xabar berildi.

Departament ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishlari Datcha shahri hududida Toshkent vaqti bilan soat 18:55 da qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 6,97 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.

Avvalroq, 25 iyun kuni Turkiya g‘arbida 5,0 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi. Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, tabiat hodisasining epitsentri 238 ming aholiga ega Balikesir shahridan 45 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!