Fransiya parlamentiga navbatdan tashqari saylovlarning ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, siyosiy bloklarning hech biri ko‘pchilik ovozga ega bo‘lmadi

Fransiya parlamentiga navbatdan tashqari saylovlarning ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, siyosiy bloklarning hech biri ko‘pchilik ovozga ega bo‘lmadi

Fransiya parlamentiga navbatdan tashqari saylovlarning ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra, siyosiy bloklarning hech biri ko‘pchilik ovozga ega bo‘lmadi, deb xabar bermoqda BFMTV ekzit-poll ma’lumotlariga tayanib.

Milliy Assambleyada so‘l kuchlarning “Yangi xalq fronti” alyansi 172-192 o‘rin, Makronning markazchi kuchlar bloki 150-170 o‘rin, Le Penning o‘ng qanot “Milliy birlashuv” partiyasi esa 132-152 o‘rin olishi mumkin.

Parlament saylovlarining birinchi turida g‘alaba qozongan o‘ng kuchlar endi uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu so‘l kuchlar bloki va Makron alyansining saylovning ikkinchi turi oldidan o‘zlarining ayrim nomzodlarini qaytarib olishga rozi bo‘lganliklari tufayli sodir bo‘ldi.

Saylovning rasmiy natijalari hali e’lon qilingani yo‘q. Ammo so‘l blok rahbari Melenshon allaqachon yangi hukumat tuzishga tayyorligini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!