Mbappening "Real"dagi taqdimotiga 80 mingdan oshiq inson tashrif buyuradi

Mbappening "Real"dagi taqdimotiga 80 mingdan oshiq inson tashrif buyuradi

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening "Real"dagi taqdimoti bo‘yicha ma’lumot chiqdi.

Tadbirda 80 mingdan oshiq "Real" muxlislarining kelishi kutilmoqda. Taqdimotda chiroqlar shousi rejalashtirilgan, shuningdek, maxsus podium yaratiladi.

Mbappening "Real" futbolchisi sifatidagi taqdimoti 16 iyulga rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" Mbappe bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Futbolchi "Real"ga PSJdan erkin agent maqomida o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!