Andijonda 43 yoshli erkakga nisbatan qidiruv e’lon qilindi

Andijonda 43 yoshli erkakga nisbatan qidiruv e’lon qilindi

Andijonda 43 yoshli erkak bedarak yo‘qoldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shahrixon tumani, Andijonlik mahallasi, Xonobod ko‘chasi, 50-uyda yashagan, 1981 yilda tug‘ilgan Madaminov Murodil Mamadaliyevich 2024 yilning 22 iyun kuni soat 17:30 lar atrofida yashash xonadonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan velosipedini minib chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolgan.

Ushbu bedarak yo‘qolgan shaxs to‘g‘risida biror ma’lumotga ega bo‘lganlardan zudlik bilan «102» ishonch raqamiga yoki Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limining 74-342-20-02, 88-061-62-00 telefon raqamlariga xabar berishlari so‘ralgan.

«Bedarak yo‘qolib, qidirilayotgan Madaminov Murodil Mamadaliyevichning topilishida yaqinlariga ko‘maklashaylik», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!