300 mingdan ortiq muxlis Ispaniya-Germaniya o‘yinini qayta o‘tkazilishini talab qilmoqda

300 mingdan ortiq muxlis Ispaniya-Germaniya o‘yinini qayta o‘tkazilishini talab qilmoqda

300 mingdan ortiq nemis ishqibozlari Ispaniya – Germaniya o‘yinini takroran o‘tkazilishini istamoqda.

Germaniya Yevro-2024 chorak finalida Ispaniyaga mag‘lub bo‘ldi (1:2) va turnirdan chiqib ketdi.

300 mingdan ortiq germaniyalik muxlislar uchrashuvni qayta o‘tkazishni so‘rab onlayn petisiyaga imzo chekishdi, deya xabar beradi Sky Sport Deutschland.

Murojaat tashabbuskorining fikricha, hakam Entoni Teylor bu o‘yinda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygan: xususan, Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Jamol Musiala tomonidan tepilgan to‘p himoyachi Mark Kukurelyaning qo‘liga tegib ketgan epizodda u penalti belgilamadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!