Farg‘onada erkak to‘rtinchi ayolining 4 yoshli o‘g‘lini qasddan bo‘g‘ib o‘ldirdi

Farg‘onada erkak to‘rtinchi ayolining 4 yoshli o‘g‘lini qasddan bo‘g‘ib o‘ldirdi

Farg‘onada erkak o‘gay o‘g‘lini o‘ldirdi. Bu haqda Bugun.uz nashri xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, 1989 yil Rossiyada tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Sobitov 4 marta turmush qurgan. 3 nafar turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan va ularning ikkitasidan ikki nafar farzandi bor. U to‘rtinchi turmush o‘rtog‘i bilan sha’riy nikoh asosida yashashni boshlaganiga 20 kun bo‘lar-bo‘lmas, mudhish jinoyatga qo‘l urgan.

2023 yil 28 iyul kuni tushdan so‘ng yashash xonadonidan Qushtepa tumanida joylashgan tomorqa yer maydonidagi ekinlarni sug‘urish uchun borgan Sobitov 4 yoshga to‘lmagan o‘gay o‘g‘li Usmanovni ham o‘zi bilan birga olib ketgan. U boladan o‘gayligi uchun qutilish maqsadida uning bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan. Sobitov marhumni ko‘tarib, uyiga qaytgan va darvozadan baqir-chaqir qilib kirib, tutqanoq tutib bolaning mazasi qochgani, unga yordam ko‘rsatganiga qaramay hushiga kelmayotganini aytgan. Holat joyiga tez yordam chaqirilgan. Shifokorlar yetib kelib, bolaning vafot etganini ta’kidlashgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Tervog va sud jarayonidagi savol javoblarda Sobitov aybiga iqror bo‘lmasdan, bolani o‘ldirmaganini, o‘zining sog‘ligi yomonlashib, vafot etgani to‘g‘risida ko‘rsatma bergan. Birinchi oilasidan og‘zi kuyib, qattiqni ham puflab ichadigan bo‘lib qolgan bolaning onasi ham o‘g‘lini Sobitov o‘ldirganiga ishonmasligini, o‘g‘li biron jiddiy kasallik bilan kasallanmaganligini, lekin turmush o‘rtog‘i o‘sha kuni daladan olib kelganida ikkala yuz sohalarida ko‘karishlar bo‘lganligini, turmush o‘rtog‘i bilan birga yashash istagida ekanligini va unga nisbatan davosi yo‘qligini aytib, ko‘rsatmalar bergan

Olib borilgan tekshiruvlar davomida boladagi o‘lim holati inson tomonidan qilingani aniqlangan. Shu tariqa Sobitovning aybi oshkor bo‘lgan. Yaqinda yakunlagan sud ishida yuqoridagi barcha holatlar inobatga olinib, sudlanuvchiga nisbatan tegishli hukm e’lon qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sudlanuvchi Sobitov Jinoyat kodeksi 97 moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2 qismi «v» bandi bilan aybli deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!