G‘arbiy Afrikaning uchta davlati konfederasiyaga birlashadi

G‘arbiy Afrikaning uchta davlati konfederasiyaga birlashadi

6 iyul, shanba kuni kechqurun G‘arbiy Afrikaning uchta davlati – Burkina-Faso, Mali va Niger hukumati Sahel davlatlari ittifoqi konfederasiyasini tuzish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu haqda Agence France-Presse ushbu davlatlar rahbarlari bayonotiga tayanib xabar berdi.

Imzolanish Niger poytaxti Niamey shahrida bo‘lib o‘tgan Sahel davlatlari ittifoqining birinchi sammiti yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi, unda uch davlat rahbarlari ishtirok etdi.

✍️ Hujjatga ko‘ra, mazkur davlatlar yagona investisiya banki va barqarorlashtirish jamg‘armasini tuzadi, diplomatik sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiradi, qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash sanoati va energetika sohalarida qo‘shma loyihalar uchun resurslarni birlashtiradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bu mamlakatlarning barchasida davlat to‘ntarishini amalga oshirgan hokimiyatda harbiy xuntalar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 28 yanvarda Burkina-Faso, Mali va Niger G‘arbiy Afrika Davlatlari Iqtisodiy Hamjamiyatini (ECOWAS) «xorijiy kuchlar ta’sirida» ayblab, zudlik bilan tark etishga qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!