Isroilda “miyani yeyuvchi” amyobadan o‘lim qayd etildi

Isroilda “miyani yeyuvchi” amyobadan o‘lim qayd etildi

Isroilda “miyani yeyuvchi” amyoba (Naegleria fowleri) bilan kasallangan yigit bir necha kun o‘tib ensefalitdan vafot etdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Bu Isroilda qayd etilgan parazit bilan kasallanishning ikkinchi holatidir. 26 yoshli isroillik 2 iyul kuni isitma, bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynish alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Amyoba bilan kasallanish mamlakat shimolidagi Kinneret ko‘lida suzish paytida sodir bo‘lgan. U yerda yozda suv harorati 30 darajaga yetadi, bu esa mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi.

Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi inspektorlari erkak suzgan plyajdan namunalar olgan, biroq suv amyoba bilan ifloslangani belgilari aniqlanmagan.

Shifokorlar kasalxonaga yotqizilganidan beri bemorning hayotini saqlab qolish uchun o‘z ixtiyoridagi barcha vositalardan, shu jumladan dori-darmonlar bilan davolash va jarrohlik aralashuvlaridan foydalangan, ammo uning ahvoli yomonlashishda davom etgan, — deyiladi Beylinson shifoxonasi bayonotida.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab Naegleria fowleri infeksiyasining atigi 400 ga yaqin holati qayd etilgan. Isroilda ushbu infeksiyaning birinchi holati 2022 yil avgust oyida kuzatilgan, o‘shanda ham yigit parazit keltirib chiqaradigan ensefalitdan vafot etgan. Tibbiy muolajalarga qaramay, Naegleria fowleri infeksiyasidan o‘lim darajasi 97 foizdan oshadi. Infeksiya burun yo‘llari orqali inson tanasiga, shundan so‘ng miyaga kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!