Erdo‘g‘an Amerikaga boradi

Erdo‘g‘an Amerikaga boradi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 9-11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO davlatlari sammitida ishtirok etish uchun AQShga tashrif buyuradi.

Uning Vashingtonda davlat va hukumat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari rejalashtirilgani haqida «Report» «TRT Haber»ga tayanib xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘an 3-4 iyul kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Davlat rahbarlari kengashining 24-sammitida ishtirok etgan edi. Sammit doirasida u ayrim yetakchilar, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!