Pandemiya paytida kitlar ko‘proq baxtli yashaganmi?

Pandemiya paytida kitlar ko‘proq baxtli yashaganmi?

Avstraliyaning Kvinslend universiteti olimlari Brisben qirg‘oqlari yaqinida suzib yurgan kitlarning yog‘ namunalarini olib, tadqiqot o‘tkazishibdi. Yana, oxirgi bir necha yil ichidagi kitlarning gormonal profilini ham tadqiqot qilishibdi.

Ma’lum bo‘lishicha, dengiz sutemizuvchilaridagi kortizol "stress gormoni" odamlar Kovid paytida uyda qolgan 2021 yildagi darajaga nisbatan ancha oshgan.

Tadqiqot muallifi Jeyk Linski Avstraliyaning Marine Environnement Research nashrida yozishicha, "bu o‘zgarishlar odamlar pandemiyaga qarshi kurash bilan band bo‘lgan paytda kitlarda stress darajasi sezilarli darajada pasayganini ko‘rsatadi".

Olimning fikricha, buning 2 ta sababi bor. Birinchisi, kitlarning o‘tkir eshitishi. Ular shovqinga sezgir — undan aloqa va navigasiya uchun foydalanadi. Tijorat kemalari chiqaradigan tovushlar dengiz sutemizuvchilarini bezovta qiladi. Kovid davrida kemalar kamroq bo‘lgani kitlarning muloqot va harakat qilishiga qulaylik yaratgan.

Ikkinchi sabab, harakatlanish cheklovlari davrida suvdagi ifloslantiruvchi moddalar darajasi ham pasaygan. Suvning tarkibi yaxshilangan.

Bularning barchasi, olimlarning fikriga ko‘ra, “odamovi” kitlarning yanada baxtli bo‘lishiga sabab edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!