Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining qachon ishga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Suiqasdga uchragan Slovakiya bosh vazirining qachon ishga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso 8 iyul, dushanba kuni may oyidagi suiqasddan so‘ng ishga qaytadi. Bu haqda Slovakiya hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Fisoning ishga qaytishi qishloq xo‘jaligi vaziri Richard Takak bilan Bratislavadan 50 kilometr uzoqlikdagi Slovenska Nova Ves qishlog‘idagi Agro Voderady qishloq xo‘jaligi birlashmasiga qo‘shma tashrifidan boshlanadi. U yerda Slovakiya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat palatasi vakillari hamda mahalliy fermerlar hamrohligida hosilning borishi bilan tanishadi.

5 iyul, juma kuni Robert Fiso suiqasddan keyin birinchi marta omma oldiga chiqdi. U Slovakiyada davlat bayrami - Avliyo Kirill va Mefodiya kuni munosabati bilan nutq so‘zladi.

15 may kuni bosh vazir Fiso Gandlova shahrida hukumat majlisi o‘tayotgan joyda otishma natijasida yaralangan edi. Hujumchi unga bir necha marta o‘q uzgan, shundan so‘ng siyosatchi kasalxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!