113 000 AQSh dollarini yashirib olib chiqishga bo‘lgan urinish chippakka chiqdi

113 000 AQSh dollarini yashirib olib chiqishga bo‘lgan urinish chippakka chiqdi

Turli nayranglarni qo‘llagan holda yurtimizdan naqd xorijiy valyutalarni noqonuniy tarzda olib chiqishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona postiga chiqish piyoda yo‘lagi orqali Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tib ketish maqsadida kirib kelgan fuqaro Z.YA. bojxonachilar og‘zaki so‘rovida valyuta boyliklari yo‘qligini ma’lum qilganidan so‘ng ushbu shaxsga tegishli bo‘lgan siyoxrang polietilen paket xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida nonlar orasiga qora rangli polietilen paketga o‘rab qo‘yilgan 73 815 AQSh dollari borligi ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng fuqaro Z.YA. xolislar ishtirokida bojxona shaxsiy ko‘rigidan o‘tkazilganida uning yonidan kiyimlari orsida yashirilgan yana 40 000 AQSh dollari mavjud ekanligi aniqlandi.

Natijada, deklarasiyada ko‘rsatilmagan va bojxonachilar og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan jami 113 815 AQSh dollarini Respublikamiz hududidan noqonuniy tarzda olib chiqilishi oldi olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!