O‘zbekiston TIV Qandahordagi masjidda uyushtirilgan terrorchilik harakatiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston TIV Qandahordagi masjidda uyushtirilgan terrorchilik harakatiga munosabat bildirdi

O‘zbekiston 2021-yil 15-oktyabr kuni Qandahor viloyatidagi masjidda sodir etilgan hamda ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan navbatdagi terrorchilik harakatini keskin qoralaydi.

Bunday g‘ayriinsoniy hujumlar vaziyatning yanada keskinlashuviga olib keladi va Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qiladi.

Afg‘oniston hukumatining mamlakatda bu kabi hodisalarning oldini olish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish harakatlarini olqishlaymiz.

O‘zbekiston Hukumati halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy ta’ziya izhor etadi, shuningdek, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!