Zulfiqor Musoqov o‘zbek boks maktabi asoschisi haqida film ishlamoqchi

Zulfiqor Musoqov o‘zbek boks maktabi asoschisi haqida film ishlamoqchi

Kinorejissyor Zulfiqor Musoqov o‘zbek boks maktabi asoschisi Sidney Jekson hayoti va faoliyati haqida badiiy film ishlamoqchi. Rejissyor film ssenariysini “O‘zbekkino” badiiy kengashiga topshirgan.

Filmning xomaki nomi: “Jekson va uning nabirasi”.

“Film AQSh fuqarosi Sidney Jekson, umuman bir odamning taqdiri haqida. Jekson 1916 yilda taqdir taqozosi bilan yurtimizga kelib qolgan va butun umrini shu yerda o‘tkazib, o‘zbek boksining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Sidney Jeksonning shogirdlari jahon chempioni bo‘lishdi. Uning qabri Toshkentda, Botkin qabristonida”, – deydi Zulfiqor Musoqov.

Sidney Jekson 1886 yil Nyu-Yorkda tug‘ilib, 1968 yili Toshkentda vafot etgan.

Film ssenariysini Musoqovning o‘zi yozgan.

Rejissyor 2018 yili “Berlin-Oqqo‘rg‘on” filmini suratga olgan edi va film shu yili “Nika” kinotanlovida ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!