Zelenskiy Xitoy ham Ukrainaning xavfsizligini kafolatlashi kerakligini aytdi

Zelenskiy Xitoy ham Ukrainaning xavfsizligini kafolatlashi kerakligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina xavfsizligi kafolati bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga NATO davlatlaridan tashqari boshqa davlatlar, jumladan, Xitoy ham qo‘shilishini istashini aytdi.

“Biz Xitoy ham AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Turkiyaga qo‘shilishini istardik”, dedi Zelenskiy Amerikaning Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Unga ko‘ra, u sanab o‘tgan davlatlar “xavfsizlik kafiliga aylanishga tayyorligini e’lon qilgan” yoki Ukraina ular bilan tegishli hujjatlarni almashgan. Bu, xususan, Isroil va Irlandiyaga tegishli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!